Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 19-noyabr, 2026
uzdavomat (kelajak.uzdavomat.uz) — taʼlim markazlari uchun xizmat: kelajak.uzedu.uz dagi davomat va subsidiya maʼlumotlarini koʻrsatadi, Face-ID eslatmalarini yuboradi va subsidiya prognozini hisoblaydi. Bu sahifa qaysi maʼlumotlar qayerdan olinishi, qanday saqlanishi va kim koʻra olishini tushuntiradi.
1. Chrome kengaytmasi nimani yuboradi
- Faqat ikki qiymat: kelajak.uzedu.uz saytidagi accessToken va refresh_token (siz kirganingizdan keyin brauzer saqlaydigan kirish kalitlari).
- Faqat siz kengaytmada ulash kodini kiritib, “Ulash” tugmasini bosganingizda.
- Faqat https://kelajak.uzdavomat.uz manziliga (shifrlangan HTTPS orqali). Boshqa hech qayerga yuborilmaydi.
- Kengaytma faqat kelajak.uzedu.uz sahifasida ishlaydi; boshqa saytlarni, tarixingizni yoki shaxsiy fayllaringizni oʻqimaydi.
2. OneID parolingiz
Siz kelajak.uzedu.uz ga OneID orqali oʻzingiz kirasiz. uzdavomat ham, kengaytma ham OneID login va parolingizni hech qachon koʻrmaydi va saqlamaydi.
3. uzdavomat nimani saqlaydi
- Markazingizning kelajak.uzedu.uz dagi maʼlumotlari: muassasa, toʻgaraklar, oʻqituvchilar, guruhlar va dars jadvali, oʻquvchilar, arizalar (narx bilan), davomat (✅/❌/🚫) va “Oyni yopish” oylik koʻrsatkichlari.
- Xodimlaringiz hisoblari (ism, telefon, rol), sozlamalar, Telegram chatlari va xabarlar jurnali.
- Excel orqali yuklagan fayllaringiz import qilingandan keyin oʻchiriladi (import qilinmaganlari 24 soatda).
4. Himoya
- kelajak tokenlari, oʻquvchi va oʻqituvchilarning JSHSHIR va pasport raqamlari shifrlab saqlanadi (AES-256-GCM); shifr kaliti saytning ommaviy qismidan tashqarida turadi.
- Administrator va menejerlarga JSHSHIR yashirilgan holda koʻrsatiladi (masalan 6240****0039).
- Barcha ulanishlar HTTPS orqali; parollar xeshlangan holda saqlanadi.
5. Maʼlumotlarni kim koʻradi
Faqat oʻsha markazning foydalanuvchilari, rollariga koʻra: markaz egasi — hammasini; menejer — oʻz filialini; administrator va oʻqituvchi — faqat oʻziga biriktirilgan guruhlarni. Boshqa markazlar sizning maʼlumotlaringizni koʻrmaydi. Platforma administratori faqat yordam soʻralganda va har bir kirish audit jurnaliga yoziladi. Maʼlumotlar sotilmaydi va reklama yoki kredit tekshiruvi uchun ishlatilmaydi.
6. Telegram
Eslatma va hisobotlar markazning oʻz Telegram boti orqali markaz egasi qoʻshgan chatlarga va Telegramini ulagan xodimlarga yuboriladi. Xabarlarda oʻquvchi ismi, guruh va summa boʻlishi mumkin. Bot tokeni shifrlab saqlanadi.
7. Zaxira nusxalar va saqlash muddati
- Maʼlumotlar bazasining zaxira nusxasi har kuni olinadi va 14 kun saqlanadi.
- Obuna tugasa, maʼlumotlar oʻchirilmaydi — faqat koʻrish rejimiga oʻtadi.
- Jurnallar (log) 30 kun saqlanadi.
8. Uzish va oʻchirish
- Integratsiya sahifasida “Uzish” tugmasi kelajak tokenlarini darhol oʻchiradi; sinxronlash toʻxtaydi.
- Markaz va uning barcha maʼlumotlarini butunlay oʻchirishni soʻrash uchun bogʻlaning: +998 77 301 11 33 (Telegram yoki qoʻngʻiroq). Soʻrov 7 ish kuni ichida bajariladi; zaxira nusxalardan 14 kun ichida yoʻqoladi.